Eron mudofaa vaziri agar AQSh Eronga hujum uyushtirsa, bunga javoban Yaqin Sharqdagi Amerika bazalariga zarba berilishi haqida ogohlantirdi.
"Bizga qarshi urush e’lon qilinadigan bo‘lsa, kuch bilan javob qaytaramiz, Qo‘shma Shtatlarning bazalari bizning nishonimiz bo‘ladi", – deya ta’kidladi Aziz Nosirzoda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Eron qo‘shni davlatlarga dushmanlik kayfiyatida emas, biroq AQSh tomonidan zarba berilsa, aynan qo‘shni mamlakatlardagi harbiy ob’ektlar javob hujumiga uchrashi mumkin.
Eron va AQSh o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar 12 apreldan buyon davom etmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp mart oyida Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyni muzokaralarni boshlashga chaqirgan va diplomatik yo‘l muvaffaqiyasizlikka uchrasa, harbiy chora ko‘rilishi mumkinligini bildirgan.