Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7%ni tashkil qildi

O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7%ni tashkil qildi

Davlat statistika qo‘mitasi aprel oyi uchun narx-navo oshishi ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, aprel oyi inflyasiyasi 1,7%, yillik inflyasiya esa 14,5%ni tashkil etgan. Aprel oyi inflyasiyasida asosiy vaznni oziq-ovqatlar narxlari oshishi (81,8%) tashkil etgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,3% oshgan.

Davlat  statistika qo‘mitasi aprel oyi uchun hududlar kesimida “palov indeksi”ni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida 1 kg palov (7 porsiya)ning narxi mart oyidagiga nisbatan 12 ming 250 so‘mga qimmatlab, 124 ming 125 so‘mni tashkil qilgan. Palov narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida ham ozgina oshgan. Qolgan hududlarda o‘zgarishsiz qolgan.

Kiritildi: 11:21 01.05.2020. O'qildi: 3556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!