Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda antibiotiklar va yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalari arzonlashdi: 1 iyuldan yangi narxlar kuchga kirdi

 O‘zbekistonda antibiotiklar va yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalari arzonlashdi: 1 iyuldan yangi narxlar kuchga kirdi

1 iyuldan boshlab mamlakatda resept asosida beriladigan dori vositalari uchun yangilangan eng yuqori cheklangan narxlar amal qila boshladi. Qariyb 2,5 ming turdagi dori vositalari narxi qayta ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati sezilarli darajada arzonlashdi.

Narxlar quyidagicha pasaydi:

▪️ antibiotiklar va mikroblarga qarshi preparatlar — 50 foizgacha;
▪️ yurak-qon tomir tizimi uchun dori vositalari — 37 foizgacha;
▪️ asab tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar — 40 foizgacha;
▪️ yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar — 42 foizgacha.

Dori vositalarining eng yuqori cheklangan narxini pharm.gov.uz portali yoki PharmUz mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Shuningdek, u yerda dorixonalardagi narxlarni taqqoslash va narx sun’iy ravishda oshirilgan holatlar haqida xabar berish imkoniyati ham mavjud.

Kiritildi: 19:36 02.07.2026. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!