Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi

O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda 2027 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yana 5 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqida energetika vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qoplash, aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida yangi issiqlik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan jami 12 ta bitim imzolandi.

Ushbu bitimlarga asosan, 2027 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 057 MVtga teng bo‘lgan 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Mazkur investisiya loyihalari xalqaro tajribaga ega Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, Qatar va Turkiya davlatlarining kompaniyalari tomonidan umumiy qiymati 4 mlrd 860 million AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan ishlar natijasida 2022 yilda Buxoro, Toshkent, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta, 2023—2024 yillarda Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumani hududlarida quvvati 1 500 MVt bo‘lgan bitta issiqlik elektr stansiyasi, jami 2 874 MVt yangi quvvatlar ishga tushirildi.

Kiritildi: 17:42 10.12.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!