Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Genosid qayta boshlanadimi?

Genosid qayta boshlanadimi?

Turkiya tashqi ishlar vaziri Isroilning genosidni qayta boshlashidan xavotirda.

Hakan Fidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning hukumati G‘azo sektoridan Isroil asirlari ozod etilganidan so‘ng qanday harakatlar qilishi mumkinligi haqida tashvish bildirdi.

Anqarada misrlik hamkasbi Badr Abdulatti bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqgan Turkiya tashqi ishlar vaziri yakshanba kuni Dohada HAMAS siyosiy byurosi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi.

Fidan Anadolu agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra: "Hamas tomoni o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv shartlarini bajarishga tayyor. Biroq, butun dunyoda Netanyaxu hukumati isroillik asirlar ozod etilganidan keyin o‘zini qanday tutishi borasida savollar tug‘ilmoqda".

Diplomat, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni Netanyaxuni siyosiy manfaat uchun G‘azoda genosidni qayta boshlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yagona pozisiyani egallashga chaqirdi va Turkiyaning Trampning falastinliklarni G‘azo hududidan "tozalash" taklifini rad etganini bildirdi.

Fidan, shuningdek, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi kelishuvi doirasida ozod qilingan 15 nafar falastinlik mahbus Turkiyaga kelganini tasdiqladi.

Kiritildi: 23:07 04.02.2025. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!