Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

" Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangan!"

" Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangan!"

Pirs Morgan bilan intervyuda Vladimir Zelenskiy tomonidan qanday fikrlar bildirilgani bilan quyida tanishamiz:

◾️ Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangan;

◾️ Putinga nisbatan munosabatim qandayligi nimani o‘zgartiradi? Men uni dushman deb bilaman, u ham meni shunday deb hisoblaydi;

◾️ Agar bu Ukraina fuqarolariga tinchlik o‘rnatish va odamlarning hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li bo‘lsa, biz Putin bilan uchrashish variantini ko‘rib chiqamiz;

◾️ Ziddiyatni hal qilishning diplomatik usullaridan foydalanishga o‘tishning eng tezkor yo‘li — Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishini kafolatlashdir;

◾️ Agar Ukrainaning NATO'ga qo‘shilishi kechiktirilsa, yadroviy qurolga ega bo‘lish biz uchun xavfsizlikning yetarli kafolatiga aylanishi mumkin;

◾️ Bizga yadro qurollarini bering, raketa tizimlarini yetkazing, million kishilik armiyani moliyalashtirishga yordamlashing. O‘z kontingentingizni davlatimizning vaziyat barqaror bo‘lishini istagan qismlariga ko‘chiring;

◾️ Men aholining 73 foizi tomonidan saylanganman va men har doim saylov o‘tkazishga ochiq ekanligimni aytib kelganman;

◾️ Urush tugaydi. Harbiy holat bekor qilingach, albatta saylovlar bo‘lib o‘tadi. Biz demokratiyani himoya qilamiz;

◾️ Men Ukrainada adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish uchun bizda yetarlicha resurslar borligini his qilyapman;

◾️ Biz hayotimiz va mavjudligimiz uchun kurashyapmiz, boshqa choramiz yo‘q;

◾️ Hozirda biz barcha hududlarimizni o‘z nazoratimizga qaytara olmaymiz. Biz adekvat odamlarmiz va kafolatlanmagan natija uchun millionlab odamlarimizni yo‘qota olmaymiz;

◾️ Ruslar urushni tugatishni xohlamaydilar, shuning uchun men ularga ma’qul davlat rahbari emasman. Rossiya Ukrainada hokimiyat tepasiga o‘z “qo‘g‘irchog‘ini” qo‘yishni istaydi;

◾️ Urush boshlanganda, Putin turli “vositachilar” orqali o‘z ultimatumlarini yetkazdi. Unga ko‘ra, Medvedchuk Ukrainani boshqarishi,men esa mamlakatdan ketishim kerak edi. Shu sababli biz Medvedchukni hibsga oldik va uni 200 nafar harbiy asirga almashtirdik;

◾️ AQSh Ukraina mudofaa ehtiyojining taxminan 30 foizini ta’minlaydi. Agar Qo‘shma Shtatlarning yordami to‘xtatilsa, bu Yevropa yetakchilariga ta’sir qiladi va butun koalisiyani zaiflashtiradi. Agar biz bu ko‘makni yo‘qotsak, nima bo‘lishini tasavvur qiling. Bunday holatda umumiy yordam hajmining kamida 60 foizini yo‘qotishimiz mumkin.

Kiritildi: 16:55 05.02.2025. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!