Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Shohasan Mirzamatovning avtofalokatdan keyingi holati qanday?

Shohasan Mirzamatovning avtofalokatdan keyingi holati qanday?

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov bir necha kun oldin avtomobilida to‘qnashuv sodir etgani haqida xabar berilgan edi.

Sportchi kecha Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali hozirgi holati haqida ma’lumot berdi.

"To‘rt-besh kun oldin biroz noxushliklar bo‘lgandi. Hozir hammasi yaxshi, Xudoga shukur. Hol-ahvol so‘rayotganlarga katta rahmat. Jiddiy jarohat yo‘q. Tez orada ko‘rishamiz", dedi Mirzamatov.

Uning 23 fevral kuni Olma-Otada tashkil etiladigan Octagon 70 turniri doirasidagi qozog‘istonlik Georgiy Kichiginga qarshi chempionlik jangi bekor qilingan.

Kiritildi: 17:25 05.02.2025. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!