Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda 2,2 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2,2 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar soni 2 mln 207 ming 753 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi ma’lum qildi.

Ularning 1 mln 283 ming 506 nafarini erkaklar (58 foiz), 924 ming 247 nafarini esa ayollar (42 foiz) tashkil qildi. Yosh toifasiga ko‘ra, bu xizmatdan eng ko‘p 26—23 yoshdagilar foydalanmoqda (31 foiz). Undan keyingi o‘rinlarni 26 yoshgacha bo‘lganlar (24 foiz), 36—45 yoshdagilar (24 foiz), 46—55 yoshdagilar (12 foiz), 56 yoshdan yuqorilar (9 foiz) egalladi.

Tahlilga ko‘ra, “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvchilar soni so‘nggi oylarda keskin oshgan. Xususan, 2025 yil 1 iyulda bu ko‘rsatkich 33 ming kishidan oshgan bo‘lsa, 1 oktyabrda 149 ming kishidan, 2026 yil 1 yanvarda 438 ming kishidan, 1 aprelda esa 2,2 million kishidan oshgan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!