Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 500 million AQSh dollariga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Xitoydan olinadigan ushbu qarz mablag‘ bilan IT sohasidagi loyihalar amalga oshiriladi.
Shuningdek, uchrashuvda gidroenergetika ob’ektlari qurilishi, qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga va transport infratuzilmasini modernizasiya qilishga xizmat qiluvchi loyihalar ham muhokama qilingan.
Ma’lumot uchun, 2002 yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirilgan.