Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
Bundan tashqari, ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi:
— Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnoma;
— Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy bitim;
— 2022 yil 29 martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qo‘shimcha bayonnoma.