Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy Iqtisodiy kooperasiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda, “yo‘l xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yo‘nalishdagi loyihalar faol pallaga kirgan.

Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!