Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp beshta davlatni Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlashga chaqirdi

Tramp beshta davlatni Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlashga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyani Hormuz bo‘g‘ozini harbiy kemalar bilan qo‘riqlashga chaqirdi.

Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozishicha, bu davlatlar hamda ushbu cheklovdan ta’sirlanayotgan boshqa mamlakatlar mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun kemalar yuborishi kerak.

Shuningdek, u AQSh Fors ko‘rfazi qirg‘oqlariga zarba berishni va Eron kemalari hamda qayiqlariga qarshi amaliyotlarni davom ettirishini ma’lum qildi. Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “ochiq, xavfsiz va erkin” holda saqlashga va’da berdi.

Kiritildi: Bugun 21:04. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!