Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

NATO generali: "AQSh oxir-oqibat Eronga yon berishga majbur bo‘ladi"

NATO generali: "AQSh oxir-oqibat Eronga yon berishga majbur bo‘ladi"

Bu urushda Eron katta yo‘qotishlarga duch keladi, ammo oxir-oqibat AQSh murosaga kelishi kerak bo‘ladi va bu ularning foydasiga bo‘lmaydi. Bu fikrni NATOning Kosovodagi Xalqaro xavfsizlik kuchlarining sobiq qo‘mondoni, italiyalik general Fabio Mini TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Eron Qo‘shma Shtatlarning to‘liq harbiy qudratiga bardosh bera olmaydi, ammo u jiddiy zarar yetkazishga qodir. Eron uzoq davom etadigan qarama-qarshilikka tayyor va raqib tomonni ham iqtisodiy, ham o‘q-dorilar ta’minotidan uzishga intiladi", - dedi general.

Fabio Mini aytishiga ko‘ra, o‘tgan yilgi urush ham aynan AQSh ixtiyoridagi qurol-aslaha tugagani sababli 12 kundan keyin to‘xtatilgan.

"Bu safragi ssenariy ham shunga o‘xshash, faqat ular endi yadroviy inshootlar o‘rniga fuqarolik binolarini nishonga olmoqda. Eron ko‘p narsani yo‘qotadi, lekin oxir-oqibat Qo‘shma Shtatlarni murosaga kelishga majbur qiladi va bu AQSh foydasiga emas, Eron foydasiga bo‘ladi", - deb hisoblaydi mutaxassis.

Uning fikricha, bugungi vaziyatda Isroil ham katta xavf ostida, chunki "oxir-oqibat u dunyoda ishonch va o‘z mavqeini yo‘qotadi".

Bugungi kunda dunyoda diplomatiyaga ishonch kamayib, ko‘plab davlatlarda qurollanish istagi paydo bo‘lmoqda, lekin bu haqiqatni "juda tor tushunishni" anglatadi.

Uning fikriga ko‘ra, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojaroning asosiy sababi ham uzoq muddatli strategiya va kelajak uchun siyosiy qarashning yo‘qligida.

"Ukraina mojaroni ancha oldin boy bergan va faqat harbiy yordam olish uchun kurashishda davom etmoqda, buning uchun keyinchalik baribir to‘lashi kerak bo‘ladi. Yevropa mamlakatlari ham uzoqni ko‘ra olmaslikni ko‘rsatmoqda: energiya ta’minotiga to‘liq qaram bo‘lgan holda, ular eng yirik yetkazib beruvchisi bilan kurashmoqda. Bu kelajak uchun yaxshi natija bermaydi", - deb xulosa qildi Fabio Mini.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!