Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq qo‘mondoni Mohsen Rizoiy Tehron AQSh bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish masalasini faqat ikki shart bajarilgan taqdirdagina ko‘rib chiqishini bildirdi.
Unga ko‘ra, birinchi navbatda urush davomida yetkazilgan barcha zarar to‘liq qoplanishi kerak. Shuningdek, Eron uchun kelajakda xavfsizlik kafolatlari ta’minlanishi lozim.
Rizoiyning ta’kidlashicha, bunday kafolatlar AQSh qo‘shinlari Fors ko‘rfazidan chiqib ketmasdan va mintaqadagi barcha Amerika harbiy bazalari olib chiqilmasdan turib ta’minlanmaydi.
U Eron Vashington ushbu shartlarni bajarmaguncha ortga chekinmasligini ham alohida ta’kidladi.