Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

14 martga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukrainaning Kiyev viloyatiga raketa va dronlar bilan berilgan ommaviy zarbalar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnik ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatning to‘rtta tumani o‘qqa tutilgan. Eng katta talofatlar Obuxov va Brovari tumanlarida qayd etilgan. Umumiy hisobda 30 dan ortiq ob’ekt, jumladan, ko‘p qavatli va xususiy turarjoy binolari, muhim infratuzilma ob’ektlari, ishlab chiqarish korxonalari, omborxonalar hamda avtomobillar shikastlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumdan ko‘zlangan asosiy nishonlar Tripole IES hamda Kiyevni Rivne AES bilan bog‘lovchi Nalivaykovkadagi podstansiya bo‘lgan. Kiyev shahri va Kiyev viloyatining Bucha tumanida elektr energiyasini favqulodda o‘chirish tartibi joriy etilgan.

Kiritildi: Bugun 17:24. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!