AQSh hukumati Eron oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyga nisbatan yangi suiqasd uyushtirilgan taqdirda, o‘z boshiga shafqatsiz qasosni boshlib keladi. Bu haqda islom respublikasining Rossiyadagi elchisi Kazem Jalali ma’lum qildi.
U RIA Novosti bilan suhbatda Eron xalqi islom respublikasining sobiq oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi uchun xun talab qilayotganini ta’kidladi.
«Tabiiyki, amerikaliklar shafqatsiz qasosga duch kelishdi va kelajakda ham duch kelishadi», — dedi Jalali.