Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning Jabal Ali, Xalifa va Fujayra portlari hududida yashovchi va vaqtincha bo‘lib turgan odamlarga ushbu zonalarni zudlik bilan tark etish buyurildi, deb xabar berdi Eron davlat televideniyesi.
Tehronning iddao qilishicha, mazkur port inshootlaridan AQSh harbiylari boshpana va baza sifatida foydalanmoqda. Shu munosabat bilan ushbu ob’ektlar «qonuniy nishon» deb e’lon qilindi va yaqin soatlar ichida zarbalarga tutiladi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: Jabal Ali (Dubay) dunyodagi eng yirik va muhim savdo portlaridan biri hisoblanadi. Unga zarba berilishi jahon iqtisodiyoti va neft narxiga keskin ta’sir qilishi mumkin.