Eron rasmiylari Ukraina Isroilga yordam berayotgani sababli uni raketa zarbalari bilan tahdid qildi.
Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi rahbari Ibrohim Aziziyning aytishicha, Kiyevning Isroilga ko‘rsatayotgan yordami jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, “Ukrainaning Isroilga yordam berish bo‘yicha harakatlari, xususan, dronlarni qo‘llab-quvvatlashi butun Ukraina hududini Eron uchun qonuniy nishonga aylantiradi”.