O‘zbekiston terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida muddatidan oldin chorak final masalasini hal etgan holda Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.
"Oq bo‘rilar" Osiyo kubogining 1-turida Tailandni 4:1 hisobida, 2-turda Xitoyni 2:1 hisobida taslim etdi. Terma jamoamizning kechaning o‘zida mundialga yo‘llanma olishi uchun Saudiya Arabistoni Tailandga mag‘lub bo‘lmasligi kerak edi, bu o‘yinda arablar janubi-sharqiy osiyoliklar ustidan g‘alabaga erishdi va shu tariqa O‘zbekiston U-17 JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.