Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi o‘z klubi mashg‘ulotlariga qaytdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi o‘z klubi mashg‘ulotlariga qaytdi

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning "Rizespor" klubi markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov mashg‘ulotlarga qaytdi. Klub rasmiy sahifasi legionerimizning mashg‘ulotlarda qatnashayotgan rasmini joyladi.

25 yoshli himoyachi Turkiya Superligasi 27-turi doirasidagi "Bodrum"ga qarshi bahsning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Shifoxonada o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng uning burni va yonoq suyagida sinish tashxisi qo‘yilgan edi.

Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Eron bilan bellashadi va bahs 21:00da start oladi.

Kiritildi: 10:42 25.03.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!