Eron chempionati 17-turida "Persepolis" turnir jadvali peshqadami "Sepaxon"ni mag‘lub etdi - 2:1.
O‘yin taqdirini hal qilgan gollarni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari kiritdi.
53-daqiqada Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Igor Sergeev aynan O‘runovning uzatmasidan unumli foydalandi.
90+5-daqiqada Sergeev raqibiga nisbatan jiddiy qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
"Persepolis" 31 ochko bilan chempionat yetakchisiga aylandi. "Sepaxon" xuddi shuncha ochko bilan 2-o‘rinda.
Eron chempionati. 17-tur
Persepolis - Sepaxon - 2:1
Gollar: 53' 1:0 - Oston O‘runov (Milod Muhammadi), 72' 2:0 - Igor Sergeev (Oston O‘runov), 90+13' 2:1 - Rikardo Alves (penaltidan)