2026 yil 26 oktyabr kuni Investisiyaviy nizolarni hal etish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi Mehmet Zeki Obuz va boshqalarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qo‘zg‘atgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, da’vogarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ilgari surilgan barcha da’vo talablari rad etildi.
Ushbu investisiyaviy nizo O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida 1992 yilda tuzilgan investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 2021 yil iyun oyida boshlangan va 5 yil davom etgan.
Arbitraj tribunali tomonidan e’lon qilingan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.
Mazkur arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda AQShning «Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle» xalqaro yuridik kompaniyasi himoya qildi.