Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi 20 mart kuni Jahon chempionati saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasini qabul qiladi.
Milliy terma jamoamiz shu vaqtga qadar Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bilan 11 marta to‘qnash kelgan va ushbu bahslarning hammasi termamizning g‘alabasi bilan yakunlangan.
Ushbu o‘yinlarda futbolchilarimiz, Qirg‘iz Respublikasi darvozasiga 39 ta gol kiritishgan va o‘z darvozalaridan 7 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalarining shu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan o‘yinlarida, quyidagi natijalar qayd etilgan :
Qirg‘iziston 2:3 O‘zbekiston (2024)
O‘zbekiston 4:1 Qirg‘iziston (2023)
O‘zbekiston 3:1 Qirg‘iziston (2022)
O‘zbekiston 3:1 Qirg‘iziston (2019)
O‘zbekiston 5:0 Qirg‘iziston (2017)
O‘zbekiston 4:0 Qirg‘iziston (2011)
Qirg‘iziston 0:3 O‘zbekiston (2011)
Qirg‘iziston 0:6 O‘zbekiston (2007)
O‘zbekiston 3:0 Qirg‘iziston (1994)
Qirg‘iziston 2:6 O‘zbekiston (1992)
O‘zbekiston 3:0 Qirg‘iziston (1992)