Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan parlamentlararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan parlamentlararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Turkiya parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va investisiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda, muvaffaqiyatli qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar ko‘paymoqda. Ikki davlat va xalqni yaqinlashtirishga qaratilgan muhim madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga, O‘zbekiston-Turkiya sherikligining yangi kun tartibini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni faollashtirishda, shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlarining ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 16:36 07.04.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!