Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozog‘iston xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperasiyasi, samarali logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 14:03 17.05.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!