Maxsus harbiy operasiya natijasi uzoq muddatli tinchlik va Ukrainadagi rus tilida so‘zlashuvchilarning himoyasi bo‘lishi kerak, dedi Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti bu haqda “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida ta’kidladi.
Putinning qayd etishicha, Rossiya maxsus harbiy operasiyani kerakli natija bilan yakunlash uchun yetarli kuchga ega.
“Bu inqirozni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish, uzoq muddatli barqaror tinchlik uchun sharoit yaratish va Rossiya davlati xavfsizligini ta’minlash”, - dedi Putin.