Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya birinchi marta Estoniyadan chiqqan tanker kemani ushlab qoldi

A A A
Rossiya birinchi marta Estoniyadan chiqqan tanker kemani ushlab qoldi

Bugun Rossiya Estoniyaning Sillamyae portidan (Leningrad viloyati chegarasiga yaqin joylashgan) slanes moyi yukini olib, Rossiya hududiy suvlari orqali Niderlandiyaga oldindan kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha ketayotgan Liberiya bayrog‘i ostidagi "Green Admire" neft tankerini to‘xtatganini Estoniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Kema Gresiya kompaniyasiga tegishli ekan. Tankerning ushlab qolinishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

"Bugungi voqea shuni ko‘rsatmoqdaki, Rossiya hamon kutilmagan tarzda harakat qilishni davom ettirmoqda," deya ta’kidladi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna.

Kiritildi: 21:07 18.05.2025. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!