Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Amerikadan Rossiya manfaatlariga hurmat kutmoqda

Putin Amerikadan Rossiya manfaatlariga hurmat kutmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federasiyasining AQSh milliy manfaatlarini hurmat qilishini ma’lum qildi.

"Amerikaliklarning, Amerika xalqining va Amerika rahbariyatining, jumladan prezidentning ham o‘z milliy manfaatlari mavjud. Biz bunga hurmat bilan yondashamiz," - dedi Rossiya davlati rahbari jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Shunday qilib, Rossiya prezidenti Rossiya va AQSh o‘rtasida qandaydir mushtarak nuqtalar paydo bo‘layotganmi, degan savolga javob berdi.

"Bizning manfaatlarimizga ham xuddi shunday hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini kutamiz," - deya qo‘shimcha qildi Putin.

Kiritildi: 15:50 18.05.2025. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!