Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan har qanday formatda muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi.
Zelenskiy har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini aytdi. Bu haqda Kiyev rejimi rahbari Vatikanda Rim papasi Lev XIV bilan uchrashuvdan so‘ng Telegramda ma’lum qildi.
"Biz real natijalar uchun har qanday formatdagi muloqotga tayyormiz," - dedi Zelenskiy.
Shuningdek, u Vatikan Rossiya bilan muzokaralar maydoniga aylanishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Zelenskiy Oq uydagi janjaldan keyin birinchi marta AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan uchrashgani ma’lum bo‘lgandi.