Fransiyaning davlat atom giganti Orano ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar uzilganidan so‘ng nazorati qiyinlashgan Nigerdagi uran aktivlarini sotishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Financial Times (FT) gazetasi ishonchli manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, potensial xaridorlar orasida Rossiya va Xitoy kompaniyalari, shuningdek, Kiprning Curzon Uranium kompaniyasi bor.
Orano Nigerda uchta uran koniga ega bo‘lib, ularni mahalliy davlat kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlatib kelgan. Biroq 2023 yildagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng kompaniya u yerda deyarli faoliyat yurita olmay qoldi. Nigerning yangi hukumati G‘arb davlatlari, jumladan Fransiya bilan aloqalarni uzishni boshladi. 2024 yil yanvaridan boshlab Fransiyaning Nigerdagi elchixonasi yopildi.
FT’ning ta’kidlashicha, Orano kompaniyasining Nigerdan chiqib ketishi Fransiyaning mintaqadagi ta’siri kamayib borayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ladi.