Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina razvedkasi Rossiyaning qit’alararo raketa uchirish rejasini oshkor qildi

A A A
Ukraina razvedkasi Rossiyaning qit’alararo raketa uchirish rejasini oshkor qildi

Ukraina razvedkasi: Rossiya 19 mayga o‘tar kechasi “Yars” qit’alararo raketasini “o‘quv-jangovar” tarzda uchirishni rejalashtirmoqda.

Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) ma’lumotiga ko‘ra, bundan maqsad "Ukrainaga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATO'ga a’zo davlatlarga namoyishkorona tazyiq o‘tkazish va ularni qo‘rqitish"dan iborat.

GURning ma’lum qilishicha, raketa uchirilishi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Svobodniy aholi punkti yaqinidagi hududdan amalga oshirilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yars” qit’alararo raketasining uchish masofasi 10 ming kilometrdan ortiqni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:55 18.05.2025. O'qildi: 6842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!