Moskvaning “Dinamo”sida o‘ynagan SSSR terma jamoasi darvozaboni Lev Yashin jahon futboli tarixidagi o‘z pozisiyasida eng yaxshisi deb topildi.
Yashin Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda Janluidji Buffon (Italiya terma jamoasi), uchinchi o‘rinda Germaniya terma jamoasi vakili Manuel Noyer joy oldi.
Lev Yashin shu kungacha "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon bo‘lib qolmoqda.