Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TXIF doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saudiyaning “ACWA” va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu borada Toshkent investisiya forumi doirasida yana bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Uchrashuvda “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash, transport, infratuzilma, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 16:35 17.06.2026. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!