Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Si Szinpinning AQShga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi

Si Szinpinning AQShga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 24 sentyabr kuni AQShga tashrif buyuradi, deb xabar beradi TASS.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Vashingtondagi tadbirda nutq so‘zlaganida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbarining tashrifi 24 sentyabr kuni boshlanadi.

Bo‘lajak tashrif ikki mamlakat rahbarlarining may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuviga javoban tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 14-15 may kunlari Pekinga tashrif buyurgan va Xitoy Raisi bilan muzokaralar olib borgan.

Iyun oyi boshida AQSh davlat kotibi Marko Rubio may oyidagi tashrif hech qanday amaliy natija bermaganini aytgan edi. Shuningdek, u muzokaralarning asosiy maqsadi dunyoning ikki yirik davlati rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish ekanligini ta’kidladi.

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muloqotning davomi bo‘ladi.

Kiritildi: 15:31 25.07.2026. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!