The New York Times yozishicha, AQSh razvedka idoralari Eronning yangi Oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiy yadroviy qurol yaratish g‘oyasiga otasi va sobiq rahbaridan ko‘ra ko‘proq qiziqish bildirishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Mo‘jtabo Xomanaiy bu haqda omma oldida bayonot bermagan. Biroq AQSh razvedkasi fikricha, Eronda hokimiyatga kelgan yangi qat’iy pozisiyadagi rahbariyat mamlakatning yadroviy dasturini yanada rivojlantirishga intilishi mumkin.
NYT qayd etishicha, agar AQSh va Isroil bilan urush Tehronni yadroviy qurol yaratishdan qaytarish o‘rniga, aksincha, unga yanada yaqinlashtirgan bo‘lsa, bu mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin.