22 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimiz dalalaridan 4,63 mln tonna, belgilangan rejaga nisbatan 103 foiz paxta yig‘ib olindi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.
Vazirlik alohida qayd etishiga ko‘ra, hosilning 76% mashinlarda terib olingan.
Shu bilan birga, paxta terimi hali davom etmoqda. 49 ming gektar maydonlarida birinchi terim ishlari boshlangan.