Rossiya va Ukraina o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vesti» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQSh delegasiyasi vakillari bilan muzokaralar chog‘ida Kiyev bilan uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan.
«AQSh ma’muriyati vakillari bilan olib borgan muzokaralarimizga kelsak, ha, biz uch tomonlama aloqalarimizni qayta tiklashga tayyor ekanimiz haqida kelishib oldik», — dedi Putin.
Ushbu muzokaralardan maqsad tinchlik kelishuvlariga erishilganidan keyin Ukraina va Rossiya xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish ekanini ta’kidladi.
Putin, shuningdek, Rossiya xavfsizligi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganda butun Yevropaning xavfsizlik arxitekturasi haqida ham gapirmaslik mumkin emasligini qayd etdi.
Avvalroq, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Vashington ma’muriyati vakili muzokaralarni «konstruktiv» deb baholagan.