O‘zbekiston pasporti xalqaro harakatlanish imkoniyatlari bo‘yicha dunyo reytingida sezilarli pasayish qayd etdi. Mamlakat Henley Passport Index'ning 2026 yil oktyabr oyidagi yangilangan ro‘yxatida 82-o‘ringa tushdi.
Bir yil avval O‘zbekiston fuqarolari oldindan viza rasmiylashtirmasdan 62 ta yo‘nalishga safar qilishi mumkin edi. Endilikda bu ko‘rsatkich 57 taga qisqargan.
Shu tariqa, mamlakat 2025 yil sentyabridagi natijasiga nisbatan xalqaro reytingda 10 pog‘ona yo‘qotdi. Bu esa so‘nggi yillarda kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlardan keyingi sezilarli pasayish hisoblanadi.
Reytingda Singapur yetakchilikni saqlab qolmoqda. Uning pasporti bilan 193 ta yo‘nalishga oldindan viza olmasdan borish mumkin.
Yaponiya, Janubiy Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari 188 ta yo‘nalish bilan ikkinchi pog‘onani bo‘lishib turibdi. Shvesiya esa 187 ta yo‘nalish bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Ma’lumot uchun, Henley Passport Index davlatlar pasportlarini oldindan viza olish talab qilinmaydigan safar yo‘nalishlari soniga qarab baholaydi. Bunda ayrim mamlakatlarda yetib borganda viza olish imkoniyati ham hisobga olinadi.