Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etishi mumkin

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etishi mumkin

Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari o‘zining hal qiluvchi bosqichiga kirdi. Bugun musobaqaning amaldagi so‘nggi to‘liq kuni bo‘lib, O‘zbekiston delegasiyasi oldida bir nechta muhim vazifalar turibdi.

Kun dasturida jami 47 ta yo‘nalish bo‘yicha medallar o‘ynalishi belgilangan. Shularning 11 tasida g‘oliblar allaqachon ma’lum bo‘ldi. Ertaga esa faqat ot sportida ikki komplekt medal uchun bahslar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston delegasiyasi uchun bugungi natijalar alohida ahamiyatga ega. Chunki Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan eng yaxshi medal natijasini yangilash uchun hamyurtlarimizga yana kamida 3 ta oltin va umumiy hisobda 7 ta medal kerak bo‘ladi.

Xanchjouda O‘zbekiston sportchilari 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.

Yana bir tarixiy ko‘rsatkich umumjamoa hisobida qayd etilishi mumkin. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari tarixida hali hech qachon medallar jadvalida 4-o‘rinni egallamagan.

Delegasiyaning eng yaxshi natijasi 5-o‘rin bo‘lib, bu ko‘rsatkich Xirosima-1994, Pusan-2002, Jakarta-2018 va Xanchjou-2022 musobaqalarida qayd etilgan.

Shu bois bugungi bellashuvlar O‘zbekiston uchun nafaqat yangi medallar, balki Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijani yangilash imkoniyatini ham taqdim etadi.

Kiritildi: 11:02 03.10.2026. O'qildi: 2428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!