Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

Milliy jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov "Rizespor" klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olib maydonni tark etdi. Klub tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy jamoa safiga "Nasaf" klubi himoyachisi G‘olib G‘aybullayev jalb etildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

Kiritildi: 11:38 17.03.2025. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!