21 yanvar kuni Eron chempionati 16-tur doirasidagi bo‘lib o‘tgan “Zobahan” — “Persepolis” o‘yinida o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov jarohat olib, maydonni 27-daqiqada tark etgandi.
Mazkur jarohat tufayli hamyurtimiz kamida 6 haftaga safdan chiqqan. Bu haqda Tvitterdagi Sorkh Global sahifasi xabar tarqatdi.
Ma’lumot o‘rnida. Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham mazkur turda jarohat olib, bir oyga safdan chiqqandi.