Prezident devonxonasi rahbari Andrey Yermak Yevropa va AQSh uchun uchta asosiy "juda muhim" shartni bayon etdi. Ularning bajarilishi Ukrainada uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashi mumkin. Bu shartlar orasida Rossiyaga siyosiy va moliyaviy bosim o‘tkazish ham bor. U bu haqda The Guardian gazetasida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi.
"Birinchidan, Ukrainaga kelajakdagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ishonch hosil qiladigan xavfsizlik kafolatlari berilishi lozim. Ikkinchidan, Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va kengaytirish uchun qat’iy choralar ko‘rishi kerak. Uchinchidan, Yevropa Ukrainani yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini nazoratga olishi zarur," dedi Yermak.
Siyosatchining ta’kidlashicha, o‘tgan haftadagi Yevropa Kengashi yig‘ilishi, Yevropa birlashganda o‘z xavfsizligi va taqdirini o‘zi boshqara olishini isbotladi.
"Aynan Yevropaning mustahkam xavfsizligiga bo‘lgan manfaatdorlik Ukrainani ushbu shartlarni bajarishga undamoqda. Moskvaning Ukrainaga qarshi o‘n yillik tajovuzini yengil-elpi qabul qilib bo‘lmaydi - Yevropa rahbarlari buni tan olishmoqda va biz ularni bu hal qiluvchi paytda o‘tgan payshanba kuni Bryusselda erishilgan istiqbolli kelishuvlarni amalga oshirishga da’vat etamiz," dedi Yermak.