Forbes nashri ma’lum qilishicha, Rossiya Ukraina artilleriyasi uchun jiddiy muammoga aylanib ulgurgan eng zamonaviy optik tolali dronlardan foydalanmoqda.
Nashr tahlilchisi Devid Aksning ta’kidlashicha, bu dronlar ixcham, chaqqon va signal bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan bo‘lib, bu xususiyatlari ularni o‘ziyurar artilleriya qurilmalari (SAU) va Ukrainaning boshqa harbiy ob’ektlariga qarshi samarali qurolga aylantirmoqda.
Rossiyaning bir videolavhasida jangovar kallakli kvadrokopter Ukrainaning "Bogdana" g‘ildirakli gaubisasi joylashgan pana joyga kirib borayotgani aks ettirilgan. Dron artilleriya qurilmasi kabinasiga tushib, jiddiy shikastlanishga sabab bo‘lishi mumkin.