Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

"Kritik darajaga yetdik!" Rossiya muhojirlar oqimini butunlay to‘xtatishi mumkin (?)

"Kritik darajaga yetdik!" Rossiya muhojirlar oqimini butunlay to‘xtatishi mumkin (?)

Rossiyada muhojirlarning kirishini butunlay taqiqlash taklif etildi.

Rossiyada migrantlarning mamlakatga kirishini 2025 yil oxirigacha butunlay taqiqlash taklif etilmoqda. Bu haqda LDPR partiyasi rahbari Leonid Slutskiy RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur. Slutskiy mamlakatdagi muhojirlar soni "kritik darajaga" yetganini ta’kidlab, rossiyaliklar manfaatlarini inobatga olgan holda aniq migrasiya siyosatini ishlab chiqish muhimligini qayd etdi.

U, shuningdek, Rosstat ma’lumotlarini ham keltirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil yakunida kelgan muhojirlar soni 568,5 ming kishiga ortgan. Bu 1995 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda 599 ming kishini tashkil etgan edi. "Agar biz xavfsizlikni istasak, kelganlarning ehtimoliy ko‘p ming sonli tartibsizliklarni oldindan ko‘ra olsak, shoshilinch choralar ko‘rishimiz shart," - dedi parlament a’zosi.

Siyosatchi, shuningdek, agar iqtisodiyotga muhojirlar kerak bo‘lsa, ularni faqat vaqtincha, fuqarolik yoki ijtimoiy imtiyozlarni olish imkoniyatisiz kiritish lozimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:24 13.03.2025. O'qildi: 3165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!