AQSh moliya vaziri Skott Bessent mamlakat prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lsa, Rossiyaga nisbatan eng qattiq sanksiyalarni hech ikkilanmasdan joriy etishini ma’lum qildi.
"Agar birdan o‘ngacha bo‘lgan shkalada baholansa, [AQShning sobiq prezidenti Jo] Bayden ma’muriyatidagi [Rossiyaga qarshi] sanksiyalarni, ehtimol, "uch" baho bilan baholash mumkin edi. Uning [Bayden ma’muriyatining] vakolati tugashiga yaqin qolganida, ular sanksiyalarni "olti" bahogacha kuchaytirdi. Aytishim mumkinki, biz hech ikkilanmay ularni "o‘n" bahogacha kuchaytiramiz," - dedi u CNBC telekanaliga bergan intervyusida. - Bularning barchasi Trampning muvaffaqiyatli muzokaralar rejasining bir qismi. U har ikki tomonga maksimal darajada bosim o‘tkazishni xohlaydi."
Bessentning fikricha, Bayden va uning ma’muriyati AQShda energiya resurslari narxining ko‘tarilishidan xavotirlanib, Rossiyaga qarshi eng qat’iy cheklovlarni joriy etmagan.
Ilgari, Janubiy Karolinadan respublikachi senator Lindsi Grem shunday degan edi: agar Moskva tinchlik taklifini qabul qilmasa, uni "sanksiyalar jahannamiga" duchor bo‘lish kutmoqda.