Bugun 11 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Su-35’larni Xitoyga sotib xato qildimi? Xitoy Su-35’larni uchish uchun emas, nusxa olish uchun olgan!

Rossiya Su-35’larni Xitoyga sotib xato qildimi? Xitoy Su-35’larni uchish uchun emas, nusxa olish uchun olgan!

Rossiya qiruvchi samolyotlarining Xitoyga sotilishi xato deb baholandi.

Su-35 qiruvchi samolyotlarini Xitoyga sotish bo‘yicha bitim Rossiya samolyotsozligining eng katta xatosi ekanligi aytildi. Bu haqda 19FortyFive nashri sharhlochisi Kris Osborn ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Xitoy Rossiyadan 2,5 milliard dollarga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini xarid qilgan.

"Xitoy aslida sotib olingan Su-35 samolyotlarida uchishdan manfaatdor bo‘lmagan, balki o‘sib borayotgan aviaparki uchun texnologiyalarni qarzga olgan yoki "o‘g‘irlagan" bo‘lishi mumkin," - deyiladi nashrda.

Sharhlovchi Osbornning taxmin qilishicha, Xitoy Rossiya texnologiyalarini o‘rganish maqsadida Su-35 dan foydalangan bo‘lishi mumkin.

Bundan oldin, Amerikaning The National Interest jurnali Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi tezligi va narxi bo‘yicha Amerikaning F-35 samolyotidan ustun ekanligini yozgan edi. Amerikaning F-35 samolyoti bozorda 80 milliondan 110 million dollargacha baholanmoqda. Rossiya samolyoti esa ancha arzon bo‘lib, uning o‘rtacha narxi 35 milliondan 40 million dollargacha.

Kiritildi: 21:24 10.03.2025. O'qildi: 1929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!