Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Lukashenko va Putin quvur haqida gapirdi

Lukashenko va Putin quvur haqida gapirdi

Agar Rossiya va AQSh kelishib olsa, Ukraina va Yevropa uchun "quvur" bo‘ladi, deb aytdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, agar Rossiya va AQSh energetika masalalarida kelishuvga erishsa, Yevropa Ittifoqi yana Rossiya gazini past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladi.

Lukashenko, shuningdek, Ukraina tomoniga "allaqachon o‘t ochishni to‘xtatib, Rossiya bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash kerak edi" deb qo‘shimcha qildi.

"Ukrainaliklar ancha oldin o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralar stoliga o‘tirishlari kerak edi," - dedi u.

Kiritildi: 22:05 13.03.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!