Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik kelishuvi g‘oyasi "to‘g‘ri" ekanligini, ammo "muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, shu jumladan AQSh bilan ham" mavjudligini ta’kidladi. Shu maqsadda u Amerika rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali bog‘lanishi mumkinligini bildirdi.
"Joylardagi vaziyat qanday rivojlanishiga qarab, mojaroni to‘xtatish bo‘yicha keyingi qadamlar haqida kelishib olamiz," - dedi Putin.
U shuningdek, Kursk viloyatidagi vaziyat butunlay nazorat ostida ekanligini ta’kidladi: "Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk viloyatidan 2-3 kishilik guruhlarda chiqib ketishga urinmoqda, chunki hamma narsa bizning to‘liq o‘t ochish nazoratimiz ostida. Kursk viloyatidagi UQK uchun ikki yo‘l bor: taslim bo‘lish yoki halok bo‘lish. Joylardagi vaziyat tez sur’atda o‘zgarmoqda. Kecha jangchilarim menga: "Ertaga Sudja bizning qo‘limizda bo‘ladi," deyishdi. Bugun xuddi shunday bo‘ldi," - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya qo‘shinlari deyarli barcha jang maydonlarida hujumga o‘tmoqda."