Rossiyaning “Perviy kanal” telekanali Turizm qo‘mitasi ko‘magida Buxoro va Xivada mashhur gastronomik ko‘rsatuvini suratga oladi. Mashhur dasturda milliy taomlarimiz, qadimiy shaharlarimiz va boy madaniy merosimiz namoyish etiladi.
Avvalroq ko‘rsatuv orqali Samarqand va Toshkent ham targ‘ib qilingan. Bunday loyihalar O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni ko‘proq jalb qilish uchun muhim imkoniyat.
Ma’lumot uchun, 2026 yilning dastlabki 10 oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 1,1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.