Eronning "Istiqlol" klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘ldi, tez orada operasiya qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Legionaries xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchimiz nihoyat jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga rozilik bergan. U yaqin kunlarda BAAda tizzasidan operasiya qilinishi kutilmoqda. Amaliyot Karim Benzemaning operasiyasini ham amalga oshirgan tajribali fransiyalik shifokor nazorati ostida o‘tishi aytilmoqda.
Shuningdek, keyingi davolanish va fizioterapiya jarayonlarini davom ettirish uchun futbolchi Qatardagi Aspire lageriga yo‘l olishi mumkin.
Bu operasiya sabab Masharipov katta ehtimol bilan JCH-2026'ni o‘tkazib yuborishi mumkin.